Jamiyat | 20:00 / 22.06.2016
7281
1 daqiqa o‘qiladi
Amerikalik “juda ham tez” AQSh pochta xizmatidan nolidi
Brent Gregori o‘zi uyi yo‘lagi yaqinida Amazon’dan yuborilgan jo‘natmani ko‘rib qoldi. Jo‘natma nima uchun yo‘lakda yotganligini aniqlash maqsadida u videokuzatuv kamerasi orqali ko‘rdiki, USPS kureri jo‘natmani shunchaki yo‘lakka qarata otib yuborgan.
Brent o‘zi joylashtirgan videoga g‘azabnok ohangda sharh qoldirar ekan, bu kabi tezkor pochtaning “o‘ta samarali” ekanligini aytib o‘tgan. Unga yuborilgan jo‘natma esa zarar ko‘rmagan. Chunki quti ichida paypoqlar bo‘lgan.