Jahon | 17:54 / 22.06.2016
4962
1 daqiqa o‘qiladi
Ukraina xavfsizlik xizmati boshlig‘i qurol bilan uxlashiga iqror bo‘ldi
Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Gritsakning hikoya qilishicha, u dushmanlari ko‘pligi sabab qurol bilan uxlaydi, deb xabar qilgan «Liga.net».
«Men UXX ofitseri va meni hamda oilamni yo‘q qilishga va'da bergan ko‘psonli dushmanlarga ega inson sifatida doim qurol bilan yuraman, qurol bilan uxlayman. Men shunday qilishga majburman», — degan Gritsak.
U shuningdek, ovchilikdan voz kechganini, chunki tirik nishonlarga o‘q uzishdan zavqlana olmasligini aytgan.