Jahon | 09:19 / 22.06.2016
5457
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya Shimoliy Koreyadan ikkinchi raketa uchirilganini qayd qildi

Janubiy koreyalik harbiylar kun mobaynida Shimoliy Koreyadan ikkinchi raketa uchirilganini qayd qilishdi, deb xabar bermoqda "Ryonxap" axborot agentligi. 

Koreya Respublikasi qurolli kuchlari shtablari boshliqlari qo‘mitasida "22 iyun soat 8:05da qo‘shimcha raketa uchirilgani" ma'lum qilindi. Ta'kidlanishicha, raketa o‘rta ta'sir masofasiga ega "Musadan" sinfidagi ballistik raketa bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Shimoliy Koreya "Musudan" sinfidagi raketani muvaffaqiyatsiz uchirgani ma'lum qilingandi.

Ma'lum qilinishicha, ikkinchi raketa 400 km yo‘l bosib o‘tgan. Ta'kidlanishicha, bu raketa uchirilishi hozircha muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz deb baholanmayapti.

Janubiy Koreya va AQSh harbiylari raketa uchirilishi bilan bog‘liq ma'lumotlarni tahlil qilmoqdalar.

Pentagonda Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan raketalar Yapon dengiziga qulagani ma'lum qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish