Sport | 13:48 / 24.06.2016
5741
1 daqiqa o‘qiladi

Messi Argentina futbol federatsiyasini mas'uliyatsizlikda aybladi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi mamlakat futbol federatsiyasi tashkilotchilarini masuliyatsizlikda aybladi. Gap shundaki, terma jamoa a'zolari Nyu-Djyersiga ketayoganda samolyotning uchishini bir muddat kutib qolgan.

«Yana samolyotni kutyapmiz. Argentina futbol federatsiyasi xodimlarining ishlari shunchaki katastrofa»,- deb yozadi Messi instagram'dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 27 iyun kuni Argentina terma jamoasi Amerika kubogining final bahsida Chiliga qarshi maydonga chiqadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish