Jahon | 16:25 / 24.06.2016
3913
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Kemeron bilan Britaniyada o‘tkazilgan referendum natijasini muhokama qiladi

AQSh prezidenti Barak Obama Buyuk Britaniyada YeIdan chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan referendumda Brexit tarafdorlari g‘alaba qozongani haqidagi xabardan britaniyaliklar bosh vaziri Devid Kemeron bilan bir necha kun ichida bo‘lib o‘tgan referendum haqida suhbatlashishni rejalashtirgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

"Prezident Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan referendum natijasidan xabardor", deya Oq uy vakili bayonotini keltirali agentlik.

Oq uy vakili yaqin vaqt ichida qo‘shimcha bayonotlar berishini bildirgan.

23 iyun kuni Birlashgan Qirollikda mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a'zoligi masalasida referendum bo‘lib o‘tdi. Yevroittifoqdan chiqish uchun britaniyaliklarning 51,9 foizi (17,1 million) ovoz berdi, aholining 48,1 foizi (16,14 million) bunga qarshi chiqdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish