Sport | 12:04 / 25.06.2016
5472
1 daqiqa o‘qiladi

Shirinliklar chiqaruvchi mashhur brend o‘z mahsulotini Fransiya bayrog‘i rangiga bo‘yadi

Futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan Yevropa chempionati davrida shirinliklar chiqaruvchi mashhur brend o‘z konfetlari rangini Fransiya bayrog‘i rangiga bo‘yadi.

Konfetlarni Fransiyadagi istalgan do‘kon, shoxobcha va yeguliklar avtomat qutisidan topish mumkin. Brend kompaniyaning ramzi bo‘lmish ikkinchi rang – sariqdan ham voz kechmagan. Shirinliklar chempionat tugaguncha Fransiya hududida sotiladi.

 

foto © TASS
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish