Fan-texnika | 14:57 / 28.06.2016
5886
2 daqiqa o‘qiladi

Sport gibridi Karma Revero yig‘ilishi boshlandi

To‘rt eshikli gibridli sportkar Karma Reveroning birinchi prototipi Kaliforniya shtati Moreno-Selli zavodi konveyeridan chiqdi. Avval, ushbu sportsedan Fisker Karma nomi bilan mashhur edi. Ammo, 2012 yili moliyaviy muammolar sabab ishlab chiqarish to‘xtatilgandi. 

Karma Automotive (sobiq Fisker Automotive) o‘zining yagona seriyali modelini boshqa nom ostida ammo eski maqsad bilan ishlab chiqarishni qayta boshladi. U, Tesla Model S bilan raqobat qilishi kerak. 2013 yili kompaniya kasodga uchragan, bir yildan so‘ng Xitoyning Wanxiang giganti uning aksiyalarini xarid qilgan edi. Fisker Automotive bankrot bo‘lmasidan avval, avtomobillarini Finlyandiyada yiqqan. Yangi Karma Revero sedanini ishlab chiqarish esa AQShda yo‘lga qo‘yilgan. 

Tashqi ko‘rinishidan Karma Revero gibridi Fisker Karmadan deyarli farq qilmaydi, biroq texnik tavsifi jihatidan bular ikki xil modeldir. Yangisi elektronika, o‘tkazgich, quvvatlash tizimi va akkumulyator bloki konstruksiyasida jiddiy o‘zgarishlarga ega bo‘lgan. Avtomobilning uzatmalar qutisi va qayta quvvatlash tizimi ehtiyot qismlarini BMW yetkazib beradi.

Karma Revero gibrid sedanining boshlang‘ich narxi 135 000 AQSh dollari etib belgilangan. Bu esa, Fisker Karmadan 40 ming dollarga qimmat deganidir. Teslaning raqibi 2017 yilda savdoga chiqariladi. Har yili Karma Automotive 3000 dona elektrli sedan ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Unga har biri 161 ot kuchiga ega ikkita motor o‘rnatilgan. Ulardan biri benzinli, yana biri elektromotordir. Bular yordamida u jami 370 kmlar masofani bosib o‘ta oladi.