Jahon | 13:35 / 29.06.2016
2698
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada qayta referendum haqidagi petitsiyani 4 million kishi imzoladi

Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishiga doir qayta ovozga qo‘yishni talab qiluvchi petitsiya 4 milliondan ortiq kishi tomonidan imzolandi. Mazkur petitsiya Britaniya parlamentining rasmiy saytida chop etildi

Hozirga qadar petitsiyani 4 012 228 kishi imzolagan.  

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Brexit'dan so‘ng mamlakatni Yevropa Ittifoqida saqlab qolish imkoni yo‘qligini ma'lum qildi.

Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishiga bag‘ishlangan referendum 23 iyunda bo‘lib o‘tdi. Brexit tarafdorlari 51,9 foiz ovoz to‘plab, referendumda g‘alaba qozonishdi. 

Shotlandiya hukumat rahbari Nikola Sterjyen mamlakat o‘z kelajagini Yevropa Ittifoqi tarkibida ko‘rayotganini ma'lum qilgan. Shimoliy Irlandiyaning "Shinn Feyn" milliy partiyasi  raisi Deklan Kerni ham Irlandiya bilan birlashishga doir referendum o‘tkazilishi tarafdori ekanligini bildirdi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish