O‘zbekiston | 21:23 / 30.06.2016
12989
2 daqiqa o‘qiladi

Qumqo‘rg‘on tumanida Oliy Majlis deputati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Tursunov Murodulla Xolsaidovich 2016 yil 30 iyun kuni  Qumqo‘rg‘on tumani xududidagi “ Surxon sohili” , “Chayontepa”, “Imomtepa”  mahallalari saylovchilari bilan tuman 5-sonli o‘rta maktabi filiali binosida uchrashuv o‘tkazdi.

Deputatning saylovchilar bilan o‘tkazgan muloqotida, saylovchilar vakillari ham o‘z fikr-mulohazalarini izhor qilishgan. Xususan, Chayontepa mahallasida yashovchi fuqaro Sherbo‘tayev Boymurodning aytishicha, mahalla farzandlari sog‘lom va bilimli, Vatan iqtisodiyoti uchun xizmat qiladigan yigit va qizlar bo‘lib voyaga yetishishlarida, Mustaqillikni mustahkamlash yo‘lida o‘z kuch va imkoniyatlarini safarbar qilishlarida, tumandagi Qashqadaryo viloyati Geofizika tashkilotiga qarashli binoda joylashgan ta'lim muassasasining o‘rni katta. 

Unda 2 yil davomida tahsil olgan o‘quvchilarning bilim saviyasi ijobiy tomonga o‘zgarib, turli ko‘rik tanlovlarda Surxondaryo viloyati bo‘yicha faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishgan. Ota-onalar, farzandlarining 5-6 km uzoqlikdagi maktabga qishning qorli sovuq kunlari, yozning jazirama issiq kunlarida qatnab o‘qishlari kabi tashvishidan xalos bo‘lishgandi.

5-umumiy o‘rta ta'lim maktabidagi o‘quvchilar soni 1500dan ortiq bo‘lib, unda ikki smenada mashg‘ulotlar tashkil etilgan edi. Ikkinchi smenadagi darslar kech soat 18-20da tugashi o‘quvchilarning 20-00 atrofida uylariga kelishiga sabab bo‘lardi. Bu esa, o‘z navbatida ota-onalarning xavotiriga sabab bo‘layotgandi. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Tursunov Murodulla bilan uchrashuvda qatnashgan fuqarolar, undan Qashqadaryo viloyati Geofizika tashkilotiga qarashli 2 qavatli binoni maktabga aylantirishda amaliy berishini iltimos qilishgan.