Jahon | 08:51 / 30.06.2016
4121
1 daqiqa o‘qiladi
Trampga hujum qilganligi bois britaniyalikka 30 yillik qamoq xavf solmoqda
AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga hujum qilgan Britaniya fuqarosi, 20 yoshli Maykl Sienfordga nisbatan rasmiy ayblov e'lon qilindi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Britaniyalikka 30 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, Stenfordga nisbatan o‘q otish qurolini noqonuniy saqlash, rasmiy tadbirlarni buzishga urinish, amaldorning o‘z xizmat vazifasini o‘tashiga to‘sqinlik qilish singari ayblovlar qo‘yilgan.
Ayblovni Las-Vegas prokurori Deniyel Bogden o‘qib eshittirgan.