Jahon | 21:19 / 01.07.2016
4575
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh davlat kotibi Gruziya, Ukraina va Polshaga tashrif buyuradi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri yaqin kunlarda Tbilisi, Kiyev va Varshavaga tashrif buyuradi. Bu haqda AQSh davlat departamentining saytida ma'lum qilingan.
Gruziya poytaxtiga tashrif 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Ma'lum qilinishicha, Kerri Gruziya bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili bilan mamlakatning NATO bilan hamkorligini muhokama qiladi.

Kerri 7 iyul kuni Ukrainaga boradi va u yerda mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenko, mamlakat bosh vaziri Vladimir Groysman va “boshqa ukrain yetakchilari” bilan ko‘rishadi. U yerda Kerri Ukrainadagi islohotlar jarayoni, Minsk shartlari bajarilishi va boshqa ko‘plab masalalarda muzokara olib boradi.

AQSh davlat kotibi 8 iyul kuni Varshavada o‘tadigan NATO sammitida AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashadi. Ma'lum qilinishicha, muzokaralarda NATOning istiqbolda xavfsizlikni ta'minlashi va boshqa ko‘plab masalalarda suhbat olib boriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish