Jahon | 00:09 / 01.07.2016
4646
1 daqiqa o‘qiladi

Kontrabandachilar bilan to‘qnashuvda olti nafar mirslik harbiy halok bo‘ldi

Ikki nafar ofitser va to‘rt nafar oddiy askardan iborat Misr harbiylari Liviya bilan chegarada patrullik vaqtida qurollangan guruh bilan to‘qnashuvda halok bo‘ldi. Bu haqda Misr mudofaa vazirligi ma'lum qilgan. Uch nafar harbiy xizmatchi jarohatlangan.

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, qurollangan guruh bilan to‘qnashuv chegarada joylashgan Al-Farafra tumanidagi patrullik vaqtida ro‘y bergan.

Shuningdek, ma'lum qilishlaricha, cho‘lli Al-Farafra tumanida narkotik moddalar, sigaret va qurol kontrabandasi bilan shug‘ullanuvchi guruh faoliyat yuritadi.