AQSh federal qidiruv byurosi Klintonni pochta yozishmalari bo‘yicha so‘roqqa tutdi
AQSh federal qidiruv byurosi (FQB) xizmat yuzasidan mamlakat sobiq davlat kotibi Hillari Klintonni shaxsiy pochtasidagi yozishmalari yuzasidan so‘roqqa tudi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, Klintonning saylov shtabi AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzodni so‘roq qilinganini tasdiqlagan.
Avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlarida Amerika prezidentligi uchun demokratik partiyasidan nomzod Hillari Klintonning maktublari oshkor etilgani, ular orasida 30ga yaqin "o‘chirilgan"lari ham borligi e'lon qilingan edi.
E'lon qilingan maktublarning aksariyati sobiq davlat kotibining Judicial Watch huquqni himoya qilish tashkiloti bilan yozishmalariga oid. Bundan tashqari, uning shaxsiy yordamchisi Xyuma Ebedinga yo‘llagan elektron xatlari ham bor.