Jamiyat | 21:27 / 02.07.2016
4561
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda Milliy rivojlanish fondi rahbariyati yuqori maoshlar tufayli iste'foga chiqarildi

Eron hukumati Milliy rivojlanish fondi rahbariyatini yuqori miqdordagi maoshlar tufayli iste'foga chiqardi. Bu haqida Fars xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, ommaviy ravishda ishdan bo‘shatishlarga fond rahbari Safdari Husayni va uning yordamchilari oladigan maosh miqdorlari e'lon qilinishi ortidan jamoatchilik tomonidan bildirilgan e'tirozlar sabab bo‘lgan. Fond rahbarining maoshi taxminan 57 mln tuman (16 ming dollardan ortiq) bo‘lgan.

Milliy rivojlanish fondining yangi rahbari keyingi yig‘ilishda saylanadi.