Sport | 22:28 / 02.07.2016
6617
1 daqiqa o‘qiladi
«Manchester Yunayted» Giggz bilan xayrlashganini e'lon qildi
«Manchester Yunayted» murabbiylaridan biri Rayan Giggz klubni tark etganini e'lon qildi. 42 yoshli mutaxassis mustaqil murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi ekanini bildirdi.
«MYu»da futbolchi va murabbiy sifatida o‘tkazgan 29 mavsumdan so‘ng men g‘alaba qozonish siri nima ekanini juda yaxshi bilib oldim – yosh futbolchilarga imkoniyat berib, chiroyli va hujumkor o‘yin namoyish etish.
Shuning uchun ham mustaqil murabbiylik faoliyatini boshlamoqchiman. 14 yoshimdan buyon klubda ekanman, uni tark etish men uchun oson emas.
Hozircha murabbiylik faoliyatim haqida menda jiddiy reja yo‘q, biroq baribir klubni tark etish vaqti yetgan deb hisoblayman», – dedi Giggz.