Sport | 22:20 / 03.07.2016
4835
1 daqiqa o‘qiladi

Gvardiola: Futbolchiligimda Angliyada o‘ynashni orzu qilardim. Endi bu orzu ushaldi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi etib tayinlangan Xosep Gvardiola yangi jamoasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Manchester Siti» rahbariyatiga shunday imkoniyat yaratib berilgani uchun tashakkur aytaman. Umid qilamanki, birgalikda yaxshi ishlaymiz.

Men o‘zimning qanday murabbiy ekanimni Kataloniya va Germaniyada isbotladim. «Siti» muxlislari ham bizning o‘yinimiz bilan faxrlanishini xohlayman. Futbolchilarni yaxshi bilaman. Ularni menga tanishtirishning hojati yo‘q, aksincha ular meni bilib olishlari kerak.

Muxlislar stadionga sen avval nima qilganingni ko‘rish uchun emas, hozir nima qilayotganingni ko‘rish uchun kelishadi. Futbolchi sifatida Angliyada o‘ynashni orzu qilardim. Mana, orzum amalga oshdi»,- deydi Gvardiola.

Manba: Tribuna.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish