Sport | 14:42 / 04.07.2016
4340
1 daqiqa o‘qiladi
Gvardiola: "APLda ketma-ket g‘alaba qozonish qiyinmi? Keling, sinab ko‘ramiz!"
“Manchester Siti” klubining yangi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya chempionatidagi faoliyatidan nimalarni kutayotganini ma'lum qildi.
“Menda Angliya futboli haqida biror bir fikr yuzaga kelmagan. Men ko‘p narsani o‘rganishim kerak. Menda faqatgina qanday o‘ynashimiz kerakligi haqida umumiy tasavvur bor, xolos.
Angliya Premer ligasining qanchalik talabchan ekanini bilaman. Meni o‘z uslubimni Angliyaga moslashtirish qiyinligi haqida ham ogohlantirishdi. Men buni isbotlash uchun ham shu yerga keldim.
Ko‘pchilik menga APLda “Barselona” va “Bavariya”dagi singari ketma-ket g‘alaba qozonish qiyin deb ta'kidlashdi. Bunga mening javobim: “Yaxshi, keling sinab ko‘ramiz!”, – dedi Gvardiola.
Manba: Tribuna.uz