Sport | 10:12 / 05.07.2016
5689
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiyalik murabbiy Gi Ru: «Bavariya» yoshi kichraytirilgan futbolchi sotib oldi
Fransiyalik taniqli murabbiy Gi Runing hisoblashicha, Portugaliya terma jamoasi safida Yevropa chempionatida porlayotgan yosh futbolchi Renatu Sancheshning yoshi kichraytirilgan.
«Ha, Sanchesh haqida 18 yoshli futbolchi ekanini aytishadi, lekin uning o‘tmishini surishtirish kerak. Uning pasportida tug‘ilgan sanasi yozilgan sana u tug‘ilgan vaqtagiga mos emas. Bu noto‘g‘ri ma'lumot. Bu hujjat u tug‘ilganidan ancha yillar o‘tib olingan.
Menimcha u 23 yoki 24 yoshda. Lekin u juda yaxshi o‘ynamoqda», — degan Ru Ruminiyaning Dolce Sport nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum oxirida «Bavariya» Sancheshni «Benfika»dan 35 million yevro evaziga xarid qilgandi.
Manba: Tribuna.uz