Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarbayjonda yangi gaz-kimyo majmuasi barpo etiladi
Ozarbayjonda barpo etiladigan yangi gaz-kimyo majmuasining qiymati 4 mlrd dollar atrofida baholanayapti, deb xabar qilmoqda Trend agentligi, respublikaning davlat neft kompaniyasi SOCARning yuqori lavozimli mulozimiga asoslangan holda.
Loyihani hayotga tatbiq etish xarajatlarini kamaytirish maqsadida, gazni qayta ishlash zavodi quvvatini 12 mlrddan 10 mlrd kub metr gazga tushirishga qaror qilingani bois, loyiha qiymati 4 mlrd dollarga baholangan.
Mamlakatdagi gazni qayta ishlash va neft-kimyo zavodlari, neft-gaz kimyo majmuasi - OGPCni barpo etish dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. OGPC Bokudan 60 km uzoqlikda joylashib, uchta qayta ishlash korxonasi va issiqlik elektrstansiyasidan iborat bo‘ladi.
Agentlikning ma'lumotlariga ko‘ra, OGPC dasturining umumiy qurilish narxi 17,1 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.
Loyihaning o‘zini qoplash muddati — to‘rt-besh yilni tashkil etadi.
Foto:© RIA
Mavzuga oid
10:24 / 12.03.2026
Qo‘qonlik «tabib» Iqbol Soliyev Ozarboyjondagi klinikada qo‘lga olindi
14:23 / 25.07.2025
Minval AZAL samolyoti halokatining yangi tafsilotlarini ma’lum qildi
21:30 / 02.07.2025
Bokuda 8,5 gektar maydonda «O‘zbekiston» bog‘i barpo etiladi
12:49 / 06.02.2025