Jahon | 11:08 / 05.07.2016
6131
2 daqiqa o‘qiladi

Pxenyanda osmono‘par turarjoy binolari barpo etilmoqda

Shimoliy Koreya poytaxtida 35-70 qavatli turarjoy binolari barpo etilmoqda. Bu inshootlar, KXDRning yadro va raketa sinovlari tufayli joriy qilingan xalqaro jazo choralariga o‘ziga xos javobidir, deb yozmoqda Janubiy Koreyaning Yonxap agentligi shimol OAVga tayangan holda. 

Shimoliy Koreya, poytaxt shahrining Ryomyon ko‘chasida 100ta yangi binolarni barpo etish rejasini e'lon qilgan. Ularning 40tasi turarjoy binolari bo‘lsa, qolgani idoralarga mo‘ljallangan. 

"Turarjoy binolarining 70, 55, 50, 40 va 35 qavatlilari bo‘lib, ular eng balandlaridir, ammo 7-8 qavatlilari ham bor", — deya "Kimsu kansan" nashri xabarini keltiradi Yonxap agentligi.

Aytish joizki, shu paytgacha KXDRda 70 qavatli osmono‘par binolar tajribasi bo‘lmagan.

Shunga qaramay, mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning shaxsiy ko‘rsatmasi asosida barpo etilayotgan baland binolar yil oxirigacha qurib bitkazilishi xabar qilinmoqda. 

 

Foto:© RIA