Jahon | 13:01 / 05.07.2016
6106
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya va Turkmaniston davlat rahbarlari o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama etishdi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov, Turkiya davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotida, turk-turman hamorligini kengaytirish masalalarini muhokama etdi, deb xabar qilmoqda Turkmaniston televideniyesi. 

Davlat rahbarlari, mintaqaviy va xalqaro siyosatning bir qator dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashishgan. Ular, shuningdek, tinchlikni ta'minlash, xavfsizlik va barqaror rivojlanish borasida Turkiya va Turkmaniston qarashlari o‘xshash yoki mos tushishini e'tirof etganlar. 

Ramazon hayiti kirib kelishi munosabati bilan bir-birini qutlab, turk va turkman xalqlariga tinchlik, gullab-yashnash va farovonlik tilagan prezidentlar, turkman-turk hamkorligining savdo-iqtisodiy sohadagi bugungi ahvoli va istiqbollarini ham muhokama etishgan.