Iqtisodiyot | 01:24 / 05.07.2016
26900
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarilib, yevroniki arzonlashdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2016 yil 5 iyuldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2948 so‘m 59 tiyin, 1 yevro qiymati 3318 so‘m 4 tiyin, 1 Xitoy yuani 442 so‘m 60 tiyin, 1 Rossiya rubli esa 46 so‘m 6 tiyin etib belgilangan.

Xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlari 28 iyunb holatiga ko‘ra ko‘tarilib, tushgan. Masalan, 1 AQSh dollari 5 so‘m 13 tiyinga, 1 yevro qiymati esa 16 so‘m 21 tiyin arzonlashgan.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.