Zamona talabidan kelib chiquvchi 5ta noyob kasb
Ish qidirayotganlar uchun yaxshi yangilik – prognozlarga ko‘ra, kadrlarga bo‘lgan talab butun dunyo miqyosida yiliga 19 foiz o‘sar ekan. Chakana savdo, sog‘liqni saqlash, texnologiya kabi sohalarning tezkor evolyutsiyasi ko‘pchilik bilmagan yangi talabgor kasblarni keltirib chiqaradi.
Radioaktiv farmatsevtika mutaxassisi
Bunday lavozimni faqat radioaktiv tibbiyot sohasida ta'lim olgan malakali shifokorlargina egallashi mumkin. Tomografiya, radionuklid farmatsevtika, nur bilan davolash va umuman onkologik kasalliklarni davolashdagi muhim sohalarida bunday mahorat egasiga talab katta bo‘ladi.
Tibbiy uskunalarni ta'mirlovchi usta
Davolovchi shifokorlar – zamonaviy texnologiya yordamida davolash jarayonini amalga oshiruvchi va bemor bilan muomala qiluvchi kishilar. Biroq murakkab biotibbiy uskunani ta'mirlovchi texniklarga bo‘lgan talab shifokorlarga bo‘lgan talabdan ancha katta. Shifoxonadagi yotoqlar, g‘ildirakli elektron kreslolar va murakkab tashxis qo‘yuvchi uskunalar – bularning barchasini ta'mirlovchi usta bo‘lmasa, ular yaroqsiz holga keladi.
Tavakkalni boshqaruvchi mutaxassis
Zamonaviy jamiyatda axborot xavfsizligi har qanday kompaniya byudjyetida birinchi o‘rinda turadi. Xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis kompaniyaning nozik tomonlarini himoya qilish va muhim ma'lumotlarni o‘g‘rilikdan asrash imkonini beradi, u tavakkal holatlarini faol baholaydi va ehtiyot choralarini amalga oshiradi. Bunday lavozimda professional tayyorgarlikdan o‘tuvchi IT-mutaxassislar ishlashi mumkin.
Wellness maslahatchi
Kouching va shaxsiy murabbiylik avvalgidek eng talabchan kasblar qatoridan joy olgan. Yaqin yillarda mehnat bozorida yangi kasb egalarini taqozo qiluvchi yana bir kasb paydo bo‘ladi. Bu Wellness maslahatchilar, ya'ni shaxsiy sog‘liqni nazorat qiladigan va har bir insonning ehtiyojidan kelib chiqib strategiyalar ishlab chiqadigan kishilar.
Tashkiliy ruhshunos
Tashkiliy ruhshunoslik HR-menejyerlarning vazifasiga kiradi. Tashkiliy ruhshunos kompaniyaga ish unumdorligini, xodimlarning qoniqishini oshirish, shuningdek ularni yangi malakalarga o‘rgatish uchun kerak. Bu kasb egasi ish unumdorligini oshirish, sog‘liqni saqlash va xavfsizlikni ta'minlash sohalarida bir qator dasturlarning boshqarilishi va ularni rivojlantirish uchun mas'ul bo‘ladi.