Jahon | 10:02 / 06.07.2016
9831
1 daqiqa o‘qiladi

Bag‘doddagi terakt qurbonlari soni 250 nafarga yetdi

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Iroq poytaxti Bag‘dodda sodir etilgan ikkita terakt qurbonlari soni 250 nafarga yetdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Bu haqda Iroq sog‘liqni saqlash vazirligida ma'lum qilindi. Bungacha 200 ga yaqin odam halok bo‘lgani aytilayotgandi. 

Iroqning odamlar bilan gavjum Qarada tumanida minalashtirilgan avtomobil portlatilgan, keyinroq Ash-Sha'b tumanida bozor yonida ikkinchi portlash sodir etilgan.

Bag‘doddagi teraktlardan keyin Iroq ichki ishlar vaziri iste'foga ketdi.

Ushbu teraktlar uchun javobgarlikni IShID jangarilari o‘z zimmasiga oldi.