Sport | 15:42 / 06.07.2016
16244
1 daqiqa o‘qiladi
Putin rossiyalik futbolchilarning qiliqlaridan xabar topdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin terma jamoa futbolchilari Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayevlarning qilgan ishlaridan xabar topdi. Futbolchilar Monte-Karloda 250 ming yevrolik shampan ichishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning xabar berishicha, Putin bu gaplarning barchasidan xabar topgan.
«Bu masala barcha yerga tarqalib ketdi. Hamma undan xabar topdi, prezident Putin ham. Lekin kimgadir tosh otishdan oldin nima bo‘lganini aniqlash kerak. U yerda kim saxiylik qilgan, futbolchilarning o‘zimi yoki boshqa kimdirmi. Agar ular yonidan shuncha pul ishlatgan bo‘lsa, bu ularning ishi. Futbolchilarning maoshi Kremlda davlat darajasida hal qilinadigan narsa emas»,- deydi Peskov.