Texnologiya | 10:13 / 07.07.2016
4555
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda 500 ming dona hoverbord nuqsonlar sabab qaytarib olinadi

Elektrskuterlarning qizib ketishi va o‘z-o‘zidan yonib ketishi kabi nuqsonlar aniqlangani sabab, 10ta ishlab chiqaruvchi AQShda sotgan 500 ming dona mahsulotini chaqirib olishga qaror qildi. Mazkur nosozliklar skuter egasining kuyishiga sabab bo‘lgan, deb xabar qiladi Associated Press.

Ma'lum bo‘lishicha, hoverbordlarni ommaviy chaqirilishiga, AQSh iste'mol mollari bo‘yicha komissiyasining 100ga yaqin bayonnomasi asos bo‘lmoqda. 

Hisobotda qayd etilishicha, skuter egalarining 18 nafari, oyoq, qo‘l va bo‘yin sohasida kuyish bilan shifoxonaga murojaat qilgan. 

Fevral oyi o‘rtalarida, AQSh iste'mol mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha komissiyasi, hoverbordning foydalanuvchi salomatligiga xavfsizligini bir necha oy o‘rgangach, ushbu harakatlanish vositasini xavfli deb topgan edi. 
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish