Jahon | 21:35 / 07.07.2016
3582
1 daqiqa o‘qiladi

Armaniston prezidenti Varshavadagi NATO sammitiga tashrif buyuradi

Armaniston prezidenti Serj Sargsyan NATO sammiti doirasida Afg‘onistondagi "Qat'iy yordam" missiyasi uchrashuvida ishtirok etish uchun Polshaga ishchi safar uyushtiradi, deb ma'lum qilindi prezident matbuot xizmatida.  

Ta'kidlanishicha, uchrashuv NATOga a'zo davlatlar va a'zo bo‘lmagan davlatlar yetakchilari va hukumat rahbarlari formatida o‘tadi. 

Shuningdek, ma'lum qilinishicha, Sargsyan Varshavada ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish