Sport | 15:33 / 07.07.2016
4999
2 daqiqa o‘qiladi

«Borussiya»ning yozgi transferlar vaqtidagi asosiy maqsadi aniq bo‘ldi

Dortmundning «Borussiya» jamoasi rahbariyati jamoaning yarim himoya chizig‘ini Myunxenning «Bavariya» jamoasi a'zosi Mario Gyottse bilan to‘ldirmoqchi. Bu haqda Sport Bild xabar tarqatgan.

Dortmundliklar «Bavariya»ning bo‘lg‘usi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Germaniya terma jamoasi a'zosi bo‘lgan bu futbolchini yangi mavsumda asosiy tarkibda o‘ynatmoqchi emasligini bilishadi. Myunxenliklar rahbariyati ham Gyottsega jamoasini o‘zgartirishni maslahat qilgani aytilmoqda.

Genrix Mxitaryan klubni tark etgach, dortmundliklar jamoasida bo‘sh joy paydo bo‘lgan. 

Bundan oldinroq Gyottse «Bavariya» qolmoqchiligi va o‘zini ko‘rsatmoqchiligi haqida aytib o‘tgandi. Shu bilan birgalikda, jamoa ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vattske Gyottseni olib qolish masalasi kun tartibida emasligini bildirib o‘tgandi. 

Gyottse «Borussiya»dan «Bavariya»ga 2013/14 mavsum arafasida o‘tgan, lekin jamoaning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ishonchiga kira olmagandi.

Manba: Tribuna.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish