Jahon | 16:22 / 07.07.2016
4506
2 daqiqa o‘qiladi

Timoshenko Oliy Radada birlashgan muxolifat tashkil etmoqchi

Ukrainaning "Batkivshchina" partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko mamlakat parlamentida birlashgan muxolifat tashkil etish bo‘yicha muzokaralarni boshlamoqda. U, Rada majlisining dam olish vaqtlarida jurnalistlar bilan qilgan muloqotida shu haqda ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda "112. Ukraina" telekanali.

"Bugungi kunda, "Batkivshchina", Radikal partiya, "Svoboda", "Xalq nazorati", "Volya" partiyalari birlashgan muxolifatni tashkil etishlari mumkin", - degan Timoshenko. -"Hozircha, "Samopomoshch" bu g‘oyaga qo‘shilgani yo‘q, biroq biz muzokaralar olib boramiz". 

Bundan avval, Radikal partiya va "Batkivshchina" partiyasi 7 iyul kuni Radada o‘tirgan holda ish tashlashini e'lon qilgan edi. Ular, "Petr Poroshenko bloki" va "Xalq fronti"ning gaz va kommunal to‘lovlar narxi oshirilishi bo‘yicha muvaqqat tergov komissiyalari tashkil etishga qarshi bo‘lganliklariga noroziliklarini shu yo‘l bilan izhor qilishmoqda. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish