Jahon | 08:16 / 08.07.2016
6637
2 daqiqa o‘qiladi

BMTda Britaniyaning Iroqqa bostirib kirish bo‘yicha hisoboti o‘rganib chiqilishi mumkin

BMTda Buyuk Britaniyaning maxsus komissiyasi tomonidan oshkor qilingan mamlakatning Iroqdagi harbiy operatsiyada ishtiroki haqidagi hisobot o‘rganilib, tegishli xulosalar kilinadi, deb aytdi BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik. 

Dyujarrik o‘tkazilgan tergovni "milliy jarayon" deb atadi va uning muhimligini ta'kidladi. "Biz hisobotni o‘rganib, BMTga tegishli bo‘lgan istalgan saboqni hisobga olamiz", deb aytdi Dyujarrik.

Dyujarrik BMT hozirda Iroqdagi joriy vaziyatga e'tiborini mujassamlashtirganini ta'kidlab o‘tdi. "Biz Iroq xalqi va hukumati katta chaqiriqlarni eplay olishida – xoh bu IShIDga qarshi kurash bo‘lsin, xoh inqirozli gumanitar vaziyat, tiklanish, huquq va inson huquqlarini hurmat qilishni mustahkamlash masalalari bo‘lsin, uni qo‘llab-quvvatlashga e'tibor qaratmoqdamiz", deb aytdi Dyujarrik.

6 iyulda Buyuk Britaniya maxsus komissiyasi Britaniya va AQShning Iroqqa bostirib kirishga tayyorgarlanishida hukumatning amalga oshirgan harakatlari tergovi natijalarini oshkor qildi. Komissiya sobiq bosh vazir Toni Bler boshchiligidagi Britaniya hukumati Iroqqa kirishni boshlab xatoga yo‘l qo‘ygan, degan xulosaga keldi. Iroqqa qarshi urush boshlash haqidagi qaror xato razvedka ma'lumotlari va baholashlar, BMT Xavfsizlik kengashi ko‘pchilik a'zolarining qo‘llab-quvvatlovisiz qabul qilingan va hozirda ham sezilayotgan og‘ir oqibatlarga olib kelgan.