Sport | 04:38 / 08.07.2016
6353
2 daqiqa o‘qiladi

Dide Desham: Bu ularning g‘alabasi, bu ularning tarixi

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Yevro-2016 yarim finalida Germaniya ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alabadan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bu quvonch, bu baxt va bu g‘urur. Biz qiynaldik, lekin g‘alabaga erishdik.

Jiddiy raqibga qarshi o‘yin mashaqqatli kechdi, ular amaldagi jahon chempionlari. Bizda qiyinchilik bo‘ldi, lekin biz taslim bo‘lishni xayolimizga ham keltirmadik. Ikkinchi bo‘limda vaziyatni nazorat qila boshladik.

Uch kundan keyin – final. Vaqt juda tez o‘tadi. Stadionda, muxlislar orasida o‘yin vaqtida aqldan ozayozgan muxlislarni ko‘rdim. G‘alabadan keyin hissiyotlar yanada ko‘p bo‘ldi.

Hamisha o‘z futbolchilarimga ishonganman. Men jamoaga kimni taklif etgan bo‘lsam, ular ham ishonchimni oqladi. Bu ularning g‘alabasi, bu ularning tarixi.

Men ko‘plab finallarda o‘ynaganman. Eng yaxshisi maydonda futbol o‘ynab g‘alaba qozonishdir», – degan Desham TF1 efirida.

Manba: Tribuna.uz