Yevropa Ittifoqi Falastindagi politsiya missiyasini bir yilga uzaytirdi
Yevropa Ittifoqi Falastindagi o‘zining politsiya missiyasini 2017 yil 30 iyungacha uzaytirdi. Bu haqda 7 iyunda Yevropa Ittifoqi kengashi matbuot xizmati ma'lum qildi.
"Kengash Yevropa Ittifoqining Falastin hududlaridagi politsiya missiyasini 2017 yil 30 iyungacha davom ettirdi. Missiya YeIning Isroil-Falastin ixtilofining ikki davlatning birgalikda mavjud bo‘lishi asosida har jihatlama tartibga solish ishi mazmunida Falastin davlatini yaratish bo‘yicha keng sa'y-harakatlarning bir qismi hisoblanadi", deb aytildi matbuot xizmatida.
Missiya 2006 yil yanvarda ta'sis etilgan. Uning maqsadi Falanstin muhtoriyatiga bo‘lajak Falastin davlatining politsiya faoliyati va jinoiy odil sudlov institutlarini yaratishda ko‘mak berishdan iborat. Joriy yilning 1 iyulidan 2017 yilgacha missiyaning faoliyati uchun 10,32 mln yevro ajratilgan.