Microsoft'ning yangi Murphu bot-xizmati foydalanuvchilarga kulgi ulashmoqda
Microsoft korporatsiyasi deyarli istalgan inson yoki qahramonni "chatishtira" oladigan yangi Murphy xizmatini sinovdan o‘tkazmoqda. «Agar bir inson boshqasiga aylanib qolsa nima bo‘ladi?» — aynan shunday savolni botga berish kifoya va u mos keluvchi suratlarni chatishtiradi hamda antiqa natijani ko‘rsatib beradi, deb xabar qilinadi bot saytida.
Murphy qanday ishlayotganini tekshirish uchun Telegram, Skype yoki Facebook, Kik kabi messenjerlarning biridan botni kiritish va unga ingliz tilida savol yo‘llash lozim. Savol What if («Nima bo‘lar edi…») so‘zi bilan boshlanishi kerak. Loyiha asosi Microsoft Cortana Intelligence Suite – sun'iy intellekt tizimi, jumladan uning komponenti Microsoft Cognitive Services, suratlar qidiruvchi Bing Image Search va Microsoft Bot Framework'dan tashkil topgan.
Foydalanuvchilar jadal ravishda ishga tushgan botga noodatiy savollar bilan murojaat etishmoqda. Ular orasida eng antiqalari: « Agar Gogol Shekspir bo‘lsa, nima bo‘lar edi?» yoki «Stiv Jobs vafot etmaganida nima bo‘lar edi?».
Suratlarni #projectmurphy heshtegi orqali kuzatish mumkin.