Jahon | 13:25 / 09.07.2016
6190
1 daqiqa o‘qiladi
Belgiya TIV: "NATO RFga nisbatan qarashini o‘zgartirishni o‘ylab ko‘rishi kerak"
NATO Minsk kelishuvlari hayotga to‘liq tatbiq etilgudek bo‘lsa, RFga nisbatan qarashini o‘zgartirish imkoniyatini o‘ylab ko‘rishi lozim, deya bayonot bergan Belgiya tashqi ishlar mahkamasi rahbari Dide Reynders alyans sammitiing ikkinchi yig‘ilishidagi ishtirokida.
"Mening fikrimcha, agar Rossiya Minsk kelishuvlarini to‘liq bajarsa, biz o‘z nuqtai-nazarimizni qanday o‘zgartirish borasida kelishib olishimiz lozim", - degan Reynders.
Uning aytishicha, "NATO Iroq, Suriya va dunyoning turli mintaqalaridagi muammolarni hal etish uchun Rossiya bilan aloqasini uzib qo‘ymasligi kerak".