Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Afg‘onistondagi harbiylari sonini oshiradi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Afg‘onistondagi harbiy kontingent soni 500 kishigacha oshirilishini e'lon qildi, deb yozmoqda The Guardian. Ma'lum qilinishicha, Kemeron Varshavadagi NATO sammitiga kelgandan keyin "Afg‘onistondan terrorchilarni siqib chiqarish uchun hukumat va Afg‘oniston xavfsizlik xizmatining ishini" davom ettirish muhimligini ta'kidlab o‘tdi.
"Buyuk Britaniya dunyoda kamroq ahamiyat o‘ynamaydi. Biz o‘z kuchimizni, jumladan NATO liniyasi bo‘yicha, britan qadriyatlari va biz ishonadigan g‘oyalarni yoyishga ishlatayotganimizga amin bo‘lmoqchimiz", deb aytdi Kemeron.
Kemeron Birlashgan Qirollik Yevropa Ittifoqidan chiqish qaroriga qaramay dunyo sahnasidagi yetakchi davlatlardan biri bo‘lib qolishini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani AQSh prezidenti Baraka Obamaning mamlakatda AQSh harbiylari sonini saqlab qolish qarorini qo‘llab-quvvatlashi ma'lum qilingandi.