Jamiyat | 15:13 / 11.07.2016
42550
2 daqiqa o‘qiladi

Manba: Chinoz tumani prokurori "Ahmadboy voqeasi” fonida lavozimidan chetlatildi

Foto: Sputnik

Toshkent viloyati, Chinoz tumani prokurori Behzod Mirsoatov lavozimidan chetlatilgan. Sputnik agentligi prokuraturadagi manbasiga asoslanib xabar tarqatishicha, O‘zbekiston Huquqni saqlash organlari Ahmad Tursunov ishi bo‘yicha Chinoz tuman prokuraturasi xodimlari faoliyatini tekshirmoqda.

“O‘zbekiston — huquqiy davlat. Bu yerda davlat xizmatchilari faqatgina mish-mishlar asosida ishdan bo‘shatilmaydi. Prokuror o‘z lavozimidan chetlatilgan, bu rost. Uning o‘rniga prokuror vazifasini  vaqtincha bajaruvchi tayinlangan. Bu esa ayni damda olib borilayotgan tergov ishlari bilan bog‘liq. Shuningdek, aybsizlik prezumptsiyasi amal qilmoqda”, — degan manba.

Tergov natijalari aniq bo‘lganidan keyin tuman prokuraturasi xodimlarining aybdorligi yoki aybsizligi ma'lum bo‘ladi. Ular “Ahmadboy” faoliyatini bila turib bunga ko‘z yumgani yoki o‘z vazifalariga mas'uliyatsizlik bilan qaragani aniqlanadi. Shundan so‘ng ularga nisbatan qonunda belilangan tartibda chora ko‘rilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi «Chinoz halol chorva» va «Chinoz Avto Xamkor» korxonalari ta'sischisi hisoblangan Ahmadjon Tursunboyev ikki barobar qilib qaytarish va'dasi bilan juda katta miqdordagi omonat mablag‘larni milliy va xorijiy valyutada qabul qilish bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelgan.

Bu jinoyat aniqlanganidan keyin O‘zbekiston MXXsi va huquqni saqlash organlari shu kunlarda Chinoz tumanidagi militsiya bo‘limlari va soliq inspeksiyalarida tekshiruvlar o‘tkazishni boshladi.

Tergov natijasida aniqlanishicha, har qanday nazorat yoki boshqaruv organi, Ahmadboy Tursunboyevning firibgarlik harakatlari boshlanganidan bir necha oy o‘tib aniqlash imkoniga ega bo‘lgan. Vaholanki, “Ahmadboy” o‘z faoliyatini besh yil oldin boshlagandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish