Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 17:50 / 11.07.2016
8667
1 daqiqa o‘qiladi
Videoxit: xaridor baliqni emas, aksincha, baliq xaridorni tanladi
Foto: Videodan olingan kadr
Internetda tarqalgan ushbu video barchaning hayratiga sabab bo‘ldi. Unda xaridorning savatiga o‘zi sakrab tushgan baliq voqeasining guvohi bo‘lish mumkin.
Hodisa supermarketlardan birida sodir bo‘ldi. Bir erkak rastalar tomon xayol surib ketayotgan edi. Shunda akvariumdagi baliqlardan biri uni tanlab, xaridorning savatiga qarata o‘zini otdi.
Erkak voqealar rivojini bunday tus olishini kutmagan edi, shu sabab boshida qo‘rqib ketdi. Oradan bir necha soniya vaqt o‘tib, u o‘ziga keldi va baliqni olib akvarium ichiga qo‘yib yubordi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish