Jahon | 07:12 / 13.07.2016
3985
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada poyezdlarning to‘qnashishi oqibatida qurbonlar soni 27 kishiga yetdi

Foto:repubblica.it

Italiya janubida ikki yo‘lovchi poyezdining to‘qnashishi oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi, 50 kishi jarohat oldi. Bu haqda La Repubblica nashri xabar bermoqda.  

Ikki poyezdning peshonama-peshona to‘qnashuvi 12 iyulda ertalab Apuliya viloyatining qishloq hududida yuz bergan.

Avariya sabablari tergov qilinmoqda, mutaxassislar poyezdlardan birining "qora qutisini" olishga muvaffaq bo‘lishgan. Ta'kidlanishicha, poyezdlar nisbatan yaqinda – 2005 va 2009 yilda ishlab chiqarilgan bo‘lgan.

Avvalroq OAVda poyezdlardan birining mashinisti tirik qolgani, biroq ahvoli og‘irligi ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish