Sport | 14:56 / 13.07.2016
4737
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» Morata uchun berilayotgan har qanday takliflarni rad etmoqda

«Real» hujumchisi Alvaro Moratani 80 mln yevro evaziga sotishga rozi bo‘lmadi. Futbolchi uchun shuncha miqdordagi mablag‘ taklif etgan jamoa nomi keltirilmagan.

«Qirollik klubi» Moratani Turinning «Yuventus» jamoasidan 30 mln yevro evaziga qaytargandi. 

Nashrlarda madridliklar jamoasi yangi bosh murabbiy Zinedin Zidanning talabi bilan qaytargani, murabbiy Alvaroni yangi mavsumda asosiy tarkibda o‘ynatmoqchi ekani haqida yozildi. Futbolchining sotilishiga ham aynan u qarshi turgan.

Morata «Real» asosiy tarkibi uchun Karim Benzema bilan raqobatlashadi.

Bundan oldinroq, madridliklar 23 yoshli hujumchi uchun taklif etilgan 60 million yevroni rad qilgani aytilgandi. Futbolchiga «Arsenal» va «Chelsi» jamoalaridan qiziqish mavjudligi aytilgandi.

Manba: Tribuna.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish