Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad: AQSh terrorchilar yordamida Suriya hukumatini ag‘darishni istaydi
Suriya prezidenti Bashar Asad AQShning Suriyada IShIDga qarshi havo zarbalarini nojiddiy va samarasiz deb baholadi. Bu haqda undan intervyu olgan NBC muxbiri Bill Nili o‘z tvitteri orqali ma'lum qilgan.
Asad Suriya hududida AQSh Harbiy havo kuchlari samolyotlari harakatlanishini noqonuniy deb hisoblashini ma'lum qilgan.
Shuningdek, Suriya rahbari AQSh terrorchilar vositasida Suriya hukumatini ag‘darish niyatida ekanini ta'kidlagan.
"Biz terrorchilar ustidan g‘alaba qozonishni istaymiz. Bu vaqtda esa AQSh ularni Suriya hukumatini ag‘darish uchun yo‘naltirmoqda. <...> Ular Iroqda 2006 yili shunga urinishgandi", degan Asad.