Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 19:13 / 14.07.2016
18960
1 daqiqa o‘qiladi
Buxoroning Jondorida bir daraxtda ikki xil meva hosil soldi
Buxoro viloyati Jondor tumani Zarafshon qishlog‘ida yashovchi Nazrullo Norovning 20 sotixli bog‘ida olma, o‘rik, shaftoli, nok va uzum parvarishlanadi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Ko‘chatchilik ilmini puxta o‘zlashtirgan sohibkor, shuningdek, payvandi ko‘chatlardan yaxshigina daromad olmoqda. Olma va nok novdalarini payvandlash asnosida u bir daraxtdan har ikkala meva hosilini olishga ham erishgan.
