Jahon | 18:26 / 15.07.2016
9745
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoyda temir yo‘l tarixida ilk bor rekord natija qayd etildi
Xitoyda 15 iyul kuni yangi temir yo‘l rekordi o‘rnatildi. Bu yerda ikkita parallel yo‘ldan harakatlanayotgan poyezdlar qarama-qarshi yo‘nalishda, bir-birlarining yonidan soatiga 420 km yoki sekundiga 117 metr tezlikda o‘tib ketishdi. Bungacha bu kabi holat temir yo‘l tarixida uchramagan edi.
Tajriba Chjenchjou magistralida (Xenan provinsiyasi) – Syuychjou magistralida (Tszyansu provinsiyasi) CRH seriyadagi ikki poyezd ishtirokida o‘tkazildi. Ushub seriyali poyezdlar Xitoyning o‘zida ishlab chiqarilmoqda. Tajriba CRH poyezdlarini navbatdagi sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Xitoy temir yo‘l korporatsiyasi ilmiy-texnologik bo‘limi boshlig‘i Chjoy Li aytib o‘tgan.