Jamiyat | 18:38 / 15.07.2016
6964
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda 50 yoshga to‘lmagan erkak o‘qituvchilar qizlarga dars berishi taqiqlandi

Foto: AFP

Hindistonning Xaryana shtatida o‘ziga xos qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, 50 yoshga to‘lmagan erkak o‘qituvchilar faqat qizlar ta'lim oladigan maktablarda dars bera olishmaydi. Shu tarzda mahalliy hukumat qiz bolalarning darslardan chalg‘imasliklarini xohlamoqda.

«Bu qandaydir sodir bo‘lgan yomon hodisa uchun ko‘rilayotgan chora emas, shunchaki biz qizlarimiz o‘qishdan chalg‘imasliklarini xohlaymiz. Yangi o‘quv yili boshlanishida 50 yoshga to‘lmagan erkak o‘qituvchilar qizlar maktablarida ishlashmaydi»,- deydi shtatning ta'lim vaziri Ram Bilas Sharma.

Bu holat kollejlarda amal qilmaydi, chunki kollejlarda allaqachon qizlarni chalg‘itmaslikning chorasi ko‘rilgan. Faqat qizlar o‘qiydigan kollejlarda faqat ayol o‘qituvchilar ishlashadi. Avvalroq janob Ram o‘qituvchilarning o‘quv dargohlariga jinsi shimda kelishlarini ta'qiqlagan edi.