Jahon | 19:14 / 15.07.2016
3903
1 daqiqa o‘qiladi

Olland va Vals Nitstsaga keldi

Fransiya prezidenti Fransua Olland va mamlakat bosh vaziri Manuel Vals Nitstsaga keldi. Bu haqda iTele telekanali tvitterida xabar tarqatilgan.

Nitstsaga shuningdek, Fransiya Ichki ishlar vaziri Bernar Kaznyov ham tashrif buyurgan.

Bundan oldinroq, Fransiyada Nitstsadagi terakt munosabati bilan 3 kunlik motam e'lon qilingandi.

14 iyul kuni kechasi Nitstsa shahrida yuk mashinasi olomon ustiga bostirib borishi natijasida, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 84 kishiga yetdi.