Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:36 / 15.07.2016
4809
1 daqiqa o‘qiladi
Tunis IIV Nitstsada terakt uyushtirgan terrorchining shaxsini tasdiqladi
Foto: © REUTERS
Tunis IIV Nitstsada terakt sodir etgan haydovchining shaxsini tasdiqladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Terrorchi 31 yoshli Muhammad Buxlel bo‘lib, mamlakat sharqida joylashgan Msaken shahridan bo‘lgan.
«Terrorchining shaxsi tasdiqlandi. Uning to‘liq ismi Muhammad Laxuayyej Buxlel bo‘lib 1985 yilda Tunisning Sus provinsiyasi, Msaken shahrining Vodiy al Jabaliy tumanida tug‘ilgan», — deb xabar beradi manba.
Uning tasdiqlashicha, Buxlel Tunisda bundan to‘rt yil muqaddam bo‘lgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish