Jahon | 23:29 / 16.07.2016
16076
1 daqiqa o‘qiladi
Erdo‘g‘an: “Armiya bosh qo‘mondoni menman”
Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an mamlakatda sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng davlat armiyasi bosh qo‘mondoni o‘zi ekanligini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
“Armiya – bizniki, u parallel tuzilma emas. Men bosh qo‘mondon hisoblanaman”, - degan u.
Eslatib o‘tamiz, 15 iyul tunda Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish sodir bo‘ldi. Keyinroq Turkiya hukumati ushbu ishga aloqadorlikda gumon qilib, 3 ming kishini hibsga oldi.