Jahon | 07:28 / 16.07.2016
9738
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Turkiyani va xalqni tashlab ketmoqchi emasman

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbul shahridagi Otaturk xalqaro aeroportiga kelgach, ko‘p sonli tarafdorlari bilan uchrashdi. U davlat to‘ntarishi amalga oshirilishiga urinishdan keyin mamlakatdan chiqib ketish niyatida bo‘lmaganini bildirdi.

Reyter agentligi xabariga ko‘ra, u davlat to‘ntarishi amalga oshirishga uringanlarni davlatga xiyonatda aybladi va qurolli kuchlar safida tozalash ishlari o‘tkazilishini bildirdi.

Uning aytishicha, bir guruh xoin harbiylar davlat to‘ntarishi amalga oshirishga urinishdi.

U shuningdek, Fathullo Gulen boshchiligidagi muxolifat kuchlarini ayblagan. 

Bundan oldinroq, Gulen rahbarligidagi "Xizmet" tashkiloti bu isyonga aloqador emasligini ma'lum qilgandi.