Jahon | 06:39 / 16.07.2016
3599
1 daqiqa o‘qiladi

Obama: AQSh Suriya masalasidagi diplomatiyasidan voz kechmaydi

AQSh butun dunyo bo‘ylab bir qator teraktlar sodir etilayotganiga qaramasdan, Suriyadagi ixtilofni hal qilishdagi diplomatiyasidan voz kechmaydi, deb aytdi AQSh prezidenti Barak Obama.

"O‘ldirish va vayron qilishnigina biladigan terrorchilardan farqli biz Suriyadagi fuqarolik urushini to‘xtatish uchun diplomatiyamizdan voz kechmasdan, yaratuvchanlik hisobiga, butun dunyo bo‘ylab hamkorlarimiz, jumladan musulmon hamjamiyatlari bilan tinchlik, adolat va rahmdillikka o‘rgatuvchi islom dinini noto‘g‘ri ko‘rsatadigan adovat g‘oyasiga qarshi kurashish maqsadida ishlab g‘alaba qilamiz", deb aytdi Obama Vashingtonda ishlovchi diplomatik missiyalar rahbarlari oldidagi nutqida. 

Obama AQSh IShIDga qarshi kurashdan voz kechmasligi va uning yetakchilarini yo‘q qilish bilan shug‘ullanishda davom etishini tasdiqladi.