Jahon | 23:14 / 16.07.2016
4280
1 daqiqa o‘qiladi

Pens Trampning vitse-prezidenti bo‘lish taklifini qabul qildi

AQShning Indiana shtati gubernatori Mayk Pens Nyu-Yorkdagi matbuot-anjumanida AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampning unga vitse-prezident bo‘lish taklifini qabul qilganini ma'lum qildi. 

"Men AQShning keyingi vitse-prezidenti bo‘lish taklifini qabul qildim", deb aytdi Pens.

Pens Tramp "yaxshi inson" ekanligini qo‘shimcha qildi va milliarder AQShning "buyuk prezidenti" bo‘lishiga ishonch bildirdi. Pens Ronald Reygan vaqtidan beri "amerika xalqining umid va umidsizliklari" Trampchalik hech kimga yaxshi tanish emasligini ta'kidlab o‘tdi. 

Avvalroq Tramp uning vitse-prezidenti va prezidentlik saylovlaridagi sherigi Mayk Pens bo‘lishini e'lon qilgandi.