Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toyota kompaniyasi Turkiyada zavodi ishini to‘xtatdi
Yaponiyaning Toyota Motor Corporation avtokonserni Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish amalga oshirilgani sababli o‘z zavodining ishini vaqtinchalik to‘xtatdi, deb xabar bermoqda "Kiodo" axborot agentligi.
Turkiya shimoli-g‘arbida Toyota, Honda va Isuzu zavodlari joylashgan. Bu yerdagi Toyota zavodi o‘tgan yil davomida Yevropa bozori uchun 110 mingta avtomobil ishlab chiqargan.
Turkiyada 2 mingga yaqin yaponiyalik yashaydi. Yaponiya tashqi ishlar vazirligi Turkiyada bo‘lgan fuqarolarini o‘z xavfsizliklari haqida qayg‘urishga chaqirgan. 16 iyulga Yaponiyadan Istanbulga belgilangan barcha reyslar bekor qilingan.